Cport salomatlik garovi. Inson qaysi yoşda bölmasin sportga oşno bölsa, salomatligi mustahkam, kayfiyati çoğ böladi. Özbekiston an'anaviy taekvondo federatsiyasi Farğona viloyat qoşida taşkil etilgan keksa ayollar uçun soğlomlaştiriş klubi a'zolari ana şu tamoyilni amalda isbotlay olganlardan.

Haftaning 3 kuni davomida sport klubi keksa buvijonlar bilan gavjum. Qolaversa, bu yerda 45 nafar ayol uy yumuşlaridan ortib, maşğulotlarda iştirok etişga intilmoqda. Ularning aksariyati viloyat miqyosida taşkil etilayotgan musobaqalarda ham nufuzli natijalarga erişmoqda.

55 yoşdan 82 yoşgaça bölgan duogöy buvijonlar ham yoşlardek şijoat bilan sport maşğulotlarida qatnaşmoqda. Şu kunga qadar ana şunday buvijonlarning 200 nafari sport klubidan minnatdor bölişdi. Negaki, bu yerdagi jismoniy harakatlar tufayli ular bel va oyoq oğriği, ostexondroz kabi kasalliklardan xalos bölmoqda.

Sport klubi keksa avlod vakillarining böş vaqti sermazmun ötişi va ularning salomatligini mustahkamlaşda muhim örin tutmoqda. Eng asosiysi uning bardavom faoliyat yuritişidan katta-yu kiçik birdek manfaatdor.