Google kompaniyasi Google Jamboard interaktiv doskalari sotuvi boşlangani haqida ma'lum qildi. Qurilma Hangouts messenjeri va Google’ning G Suite ofis töplami (“Hujjatlar”, “Taqdimotlar” va “Disk” ilovasi) bilan işlaşga möljallangan, deb xabar bermoqda CNet.

The Verge portali mualliflarining qayd etişiça, Jamboard – bu “ğalati hamda qiziq” qurilma bölib, u kommunikatsiya va masofadan turib işlaş, şuningdek, ofisda yoki kiçik korxonadagi iş jarayonida foydalanilişi mumkin. Şu bilan birga, qurilma aslida oddiy ofis doskasi bölib, raqamli standartlarga moslaştirilgan, xolos.

Unda xatti-harakatni bir millimetrga qadar aniq payqovçi stiluslar yordamida çiziş hamda yozilgan narsani barmoqlar yoki katta “aqlli öçirgiç” yordamida öçirib taşlaş mumkin.

Jamboard’da virtual stikerlar qoldiriş hamda ularga suratlar, klip-art yoki emodzi qöşiş mumkin. Xuddi şunday funksiyalar iOS va Android negizida işlovçi qurilmalarga möljallangan Jamboard ilovasida ham bor.

Jamboard’da yana bir funksiya borki, uning yordamida örnatilgan mikrofon va qöşimça HD-kamera orqali videoaloqaga çiqiş mumkin. Verge muxbirining aniqlaşiça, Jamboard bir vaqtning özida yoki “aqlli doska” ekrani, yoxud kameradan olingan tasvirni körsatişi mumkin. Bu ikki vizual kanallarni qurilmaning hozirgi nusxasida uyğunlaştiriş mumkin emas.

Androidcentral naşrining ta'kidlaşiça, Jamboard narxi 4 ming 999 dollardan boşlanadi. Bunda uning içiga ikkita stilus, bitta “aqlli öçirgiç” va devorga mustahkamlaş uçun zarur narsalar kiradi. Şu bilan birga, foydalanuvçilar har yili xizmat körsatiş töplamini xarid qilişi darkor, uning qiymati 600 dollarni taşkil etadi. Jamboard narxi içiga qurilmani vertikal örnatiş uçun zarur bölgan stend kirmadi va u 1349 dollarga alohida sotiladi.