Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining yangi boş direktori etib Efiopiya soğliqni saqlaş vazirligi sobiq rahbari Tedros Adanom Gebreisus saylandi. Bu qaror seşanba kuni, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Jyenevadagi 70-sessiyasida qabul qilindi.

JSST rahbarligini egallagan ilk afrikalik

JSSTga ilk bor Afrika davlati vakili rahbar böldi. U beş yil davomida taşkilotni boşqaradi. Taşkilot maqsadi esa “barçani eng yuqori soğliqni saqlaş darajasi bilan ta'minlaş”. Tedros Adanom Gebreisusga qadar taşkilotni kanadalik, braziliyalik, daniyalik, yaponiyalik, norvegiyalik, janubiy koreyalik, şvetsiyalik va xitoylik boşqargan.

Tedros Adanom Gebreisus Eritreya poytaxti va Londonda tahsil olgan, “Jamoat soğliğini saqlaş” mutaxassisligi böyiça fan doktori unvoniga ega. 2005-2012 yillarda Efiopiya soğliqni saqlaş vaziri bölgan, 2016 yilga qadar esa uşbu davlat TIV rahbari sifatida işlagan.

U saylanganidan söng çiqiş qilib, barçaga minnatdorlik bildirdi hamda boş direktor lavozimi uçun kuraş olib borgan raqobatçilari bilan işlaşda davom etişini aytdi. "Dunyoga barça uç kişi kerak, şuning uçun biz birgalikda işlaymiz", - dedi u. Gebreisusning ta'kidlaşiça, dunyo gözalligi va uning xilma-xilligini hurmat qiliş juda muhim.

"Kişilar ularni öqitişlarini istaşmaydi, ular özlarini tinglaşlarini xohlaşadi", - deya qöşimça qilib ötdi u. U kelajakdagi asosiy ustuvor vazifasi sifatida “barça davlatlarni maksimal darajada samarali soğliqni saqlaş tizimi bilan qamrab oliş”ni e'tirof etdi.

Boş direktor – JSSTdagi eng katta ma'muriy va texnik lavozimga ega şaxsdir. U taşkilotning soğliqni saqlaş sohasidagi xalqaro faoliyatini nazorat qiladi. Amaldagi saylovlarga e'tibor juda katta böldi, sababi JSST rahbari roli an'anaviy ravişda ança yuqori baholanadi. Uning xatti-harakatlariga jahon soğliqni saqlaş sohasi oldida turgan köplab çaqiriqlar bilan kuraş natijadorligi boğliqdir.

Buni JSSTni ötgan 10 yil davomida boşqargan Margaret Çen ham isbotlab berdi. Bu vaqt davomida Ebola virusi tufayli paydo bölgan kasallik, Zika bezgagi va boşqa qator xavfli xastaliklar ommaviy ravişda tarqaldi. Ularni tezkorlik bilan bartaraf etiş uçun kuç va mablağlarni safarbar qiliş lozim böldi.

Boşqa nomzodlar

JSST delegatlari ilk bor uç nomzoddan birini boş direktorlikka tanlaşdi. Tedros Adanom Gebreisusdan taşqari röyxatda britaniyalik Devid Nabarro va pokistonlik Sanya Niştar ham bor edi. Avvaliga nomzodlar soni oltita edi, biroq JSST Ijro qömitasi a'zolari bilan suhbatdan söng ularning soni uç nafarga qisqardi.