Haydovçining yonida ötirib kelayotgan yölovçi bilan dildan suhbatlaşayotgani e'tiborimni tortdi. Çunki gap jamiyatda bölayotgan özgarişlar, siyosat, Prezident haqida edi. 

«Prezidentimizning jonkuyarligi, talabçanligiga gap yöq. Avval xalq içida yurgani uçun qayerda muammolar borligini yaxşi biladi. Şularni bartaraf etişga kirişgan hozir».

Uni jon quloği bilan eşitib kelayotgan hamrohi tinmay boş silkitib, bu gaplarni ma'qullaydi.

«Xitoyga borgani haqidagi körsatuvni kördingizmi? Qança pulga şartnoma qilib kelganinini eşitdingizmi?», deb savol qiladi-yu, yana sabri yetmay bu savollarga özi javob bera ketadi: «Hurmatini joyiga qöyib kutib olişdi. 23 milliard dollarlik investitsiya kiritişga oid şartnoma imzolandi. Buning zamirida xalqimiz manfaatlariga mos qança yaxşi işlar amalga oşadi endi!».

«Şu yerdan ötib ketayotganimda mana şu haykalning oçilişi bölayotgandi», deydi u yaqinda oçilgan Maxtumquli köçasidagi uluğ turkman şoiri va mutafakkiri Maxtumquli me'moriy yodgorligini körsatib. «Keyin bilsam bu turkmanlarning uluğ şoirlaridan biri ekan. Prezidentimizning Turkmanistonga safari oldidan şu iş bölgani yaxşi böldi-da. Endi ular bilan döstligimiz yanada mustahkamlanadi. Avval ham şu davlatga borib, qança xayrli işlarni boşlab kelgandi. Bu safar undan ham yaxşi böldi. Davlatimiz rahbarining qöşnilar bilan aloqalarni mustahkamlayotgani juda quvonarli iş bölayotir».

Sal ötib suhbatdoşi tuşib qolgaç, haydovçi jim bölib qoldi. Lekin men uning fikrlarini yana eşitgim kelar, kimligi, qanday insonligi haqida qiziqib qolgandim.

«Suvsoz - Markaziy universal magazini» oraliğida qatnaydigan 145-yönalişli taksi nihoyat sönggi bekatga kelib töxtadi. Menda haydovçini bafurja suhbatga tortiş imkoniyati paydo böldi. Bu insonning zamon bilan hamnafasligi bejiz emas, uning ismi Zamon aka ekan. 

- Zamon aka, jamiyatda bölayotgan özgarişlarni kuzatib borar ekansiz. Qaysi jihatlar sizga köproq ma'qul?

- Prezidentimizning har bir işi xalqning manfaatiga qaratilgan. Ularning hammasini ma'qullayman. Şunday bölişini bundan sakkiz yil oldin taxmin qilgandim. Öşanda u kişini bir ma'rakada körib, gap-sözlariga, xatti-harakatlariga e'tibor berib, qanday davlat rahbari bölişini tasavvur qilgandim. Bu insondagi samimiylik, xalqparvarlik, harakatçanlik kabi fazilatlar faoliyatiga körk berişiga işongandim. Prezident saylovi payti kuçim yetgança men ham Şavkat Miromonoviçga ovoz beraylik, deb odamlarga tarğibot qilganman. Saylovda ğolib çiqqanida men hammadan köproq quvondim. Mana, hozir Prezidentimiz amalga oşirayotgan har bir işni diqqat bilan, faxr bilan kuzatib boryapman.