Sport | 08:44 / 24.05.2017
5076
1 daqiqa o‘qiladi

Rasman: Valverde «Atletik»dan ketadi

«Atletik Bilbao» Bilbao bosh murabbiyi Ernesto Valverde keyingi mavsum jamoada qolmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi. 

53 yoshli murabbiy 24 may kuni bu borada maxsus matbuot anjumani o‘tkazadi. 

Avvalroq El Correo nashri Valverde «Barselona»ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi haqida xabar tarqatgan edi. 

Ma'lumot uchun, Valverde «Atletik Bilbao»da 2013 yildan beri ishlab kelayotgan edi. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid