Jyeyms Bond haqidagi filmlarning 7 qismida boş rolni ijro etgan britaniyalik aktyor Rojyer Mur 89 yoşida olamdan ötdi. Aktyorning yaqinlari ma'lum qilişiça, u Şveytsariyadagi uyida saraton xastaligi tufayli jon bergan.

Murning ölimi haqidagi rasmiy nekrologda yozilişiça, u «u saratonga qarşi mardona kuraş»dan keyin vafot etdi.

Mur Bond haqidagi filmlarning 1973 yildan 1985 yilgaça çiqqan 7ta qismida işlagan. U agent 007 qahramonini «Yaşa va ölişga qöyib ber» (Live and Let Die, 1973), «Tilla pistoletli odam» (The Man with the Golden Gun, 1974), «Meni sevib qolgan josus» (The Spy Who Loved Me, 1977), «Oy poygaçisi» (Moonraker, 1979), «Faqat sening közlaring uçun» (For Your Eyes Only, 1981), «Sakkizoyoq» (Octopussy, 1983) va «Qotillik körinişi» (A View To A Kill, 1985) kartinalarida boş qahramonni gavdalantirgan.

U Bond rolini Şon Konneri (6 film) va Jorj Lezenbidan (1 film) keyin ijro etgan uçinçi aktyordir.

Mur 1927 yilning 14 oktabrida Londonda tuğilgan. U Bond haqidagi filmlarning oltinçisiga suratga tuşiş vaqtida Hindistondagi qaşşoqlik darajasini körib, dahşatga tuşadi va şundan keyin xayriya işlari bilan şuğullana boşlaydi. 1991 yilda u YUNISEF elçisiga aylanadi. U 2009 yilda aktyorlik faoliyatini yakunlab, özini xayriya işlariga bağişlagandi.