Efiopiya nomzodi Tedros Adanom Gebreisus seşanba kuni ovoz berişning uçinçi bosqiçida ğolib bölib, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST)ning yangi boş direktori etib tayinlandi. 

JJSTning yangi boş direktori saylovlarida ovoz beriş jarayoni Jyenevada yopiq eşiklar ortida bölib ötdi. Birinçi bosqiç yakunlariga köra, "poyga"dan Pokiston vakili Sanya Niştar çetlatildi. Buyuk Britaniya nomzodi Devid Nabarro va Efiopiya nomzodi Tedros Adanom Gebreisus kuraşni davom ettirişdi. 

Ikkinçi bosqiçda 121 ovoz töplaşga muvaffaq bölgan Gebreisus yetakçilikni qölga kiritdi. Naborro esa 62 davlat tomonidan qöllab-quvvatlandi. Qoidaga köra, ikkinçi bosqiçda ğolib JSST a'zolarining uçdan ikki qismi tomonidan qöllanişi kerak edi. 

Uçinçi raundda ğalaba uçun aksariyat ovozlarni töplaş zarur edi. Gibreisus 133 ovoz töplab, 50 ovozga ega bölgan Nabarrodan özib ketdi va JSSTning yangi raisi etib tayinlandi. 

Şuni ta'kidlaş joizki, Efiopiya nomzodi 2005-2012 yillarda mamlakat soğliqni saqlaş vaziriligini boşqargan. 

51 yoşli Gibreisus JSSTni boşqaruvçi birinçi Afrika vakili hisoblanadi. 

Gibreisus joriy yilning 1 iyulidan JSSTning boş direktori lavozimiga rasman kirişadi. JSSTning amaldagi boş direktori Margaret Çenning ikkinçi vakolat muddati 2017 yilning 30 iyunida tugaydi. 

JSST boş direktori uçun ovoz berişning sönggi bosqiçi yakunlari:

Ovoz beriş huquqiga ega - 186 mamlakat;
Qatnaşdi - 183 mamlakat;
Tedros Gebreyyezus (Efiopiya) - 133 mamlakat;
Nabarro (Britaniya) - 50 mamlakat.

Bundan avval 22 may kuni  JSSTning yuqori organi hisoblanuvçi Jahon soğliqni saqlaş assambleyasining 70-sessiyasi oçilişi hamda unda Özbekiston delegatsiyasining  ham qatnaşayotgani haqida xabar berilgan edi.