24 may kuni Xalqaro press-klubning (XPK) navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Tadbirda «Özbekengilsanoat» AJ boşqaruv kengaşi raisining maslahatçisi Rasul Sodiqov, «Osiyo ramzi» Özbekiston dizaynerlar uyuşmasi raisi Holida Komilova va «Istiqlol tekstil dizayn» MÇJ vakili, yengil sanoat kompaniyalari vakillari, ekspertlar hamda OAV xodimlari iştirok etişdi.
Bugungi press-klubning asosiy mavzusi «Bolajonlar-şirintoylar» nomli bolalar modasi festivali hamda yurtimizda yengil va töqimaçilik sanoatining rivojlanişi haqida böldi.

Ma'lum bölişiça, 2016 yilda eng yirik tekstil kompaniyasi bölmiş «Özbekengilsanoat» AJ tadbirkorlari tomonidan 1,146 mlrd dollar qiymatiga teng mahsulot dunyoning qariyb 60 ta mamlakatiga eksport qilindi. «Özbekengilsanoat» tarkibidagi 460 ta korxona tomonidan özlaştirilgan sarmoya 2,5 milliard dollarga teng böldi, çet el investorlari iştiroki bilan 200 ta yangi korxona taşkil etildi. «Özbekengilsanoat» AJ çet eldagi savdo uylari sonini 49 taga köpaytiriş rejalari eksport hajmini oşirişiga xizmat qilişi kutilmoqda.

Şuningdek, spikerlar Özbekistonning eksport qiliş salohiyatlarini kengaytiriş hamda jahon bozorlariga jönatilayotgan yuqori ustki narhli mahsulotlarning kölamini oşiriş borasida ham atrofliça töxtalib ötildi.

“2016 yil 21 dekabrda «2017 – 2019 yillarda töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisida» Prezident Ş.M. Mirziyoyevning qarori çiqqanini alohida ta'kidlab ötiş lozim. Uşbu muhim dasturiy hujjatga köra, 2020-yilgaça 132 ta investitsion loyiha amalga oşişi kutilmoqda, ularning 50 foizi çet el investitsiya va kreditlari bölib, loyihalarning umumiy qiymati 2,2 milliard dollarga teng. Mazkur loyihalarni joriy qiliş natijasida yaqin yillar içida eksport salohiyatini 7-8 milliard dollarga oşiriş maqsad qilingan”, - deya qayd etdi «Özbekengilsanoat» AJ boşqaruv kengaşi raisi maslahatçisi Rasul Sodiqov.



















