Amerikaning Boeing korporatsiyasi AQŞ mudofaa vazirligining sun'iy yöldoşlarni Yer orbitasiga olib çiqişga xizmat qiluvçi kosmoplanlarni işlab çiqiş va sinaş dasturini yakunlaydi. Tovuşdan tez uçuvçi tajribaviy muqobil uçiş apparati XS-1 fazoga parvozlar muddati va qiymatini keskin özgartirişi kutilmoqda. Bu haqda Amerika mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar va işlanmalar agentligi (DARPA - Defense Advanced Research Projects Agency) ma'lum qildi.
"XS-1 noan'anaviy samolyot va noodatiy taşuvçi bölişi kerak. Aniqroq aytganda, ikkisining birikmasi bölişi lozim. Yakuniy maqsad şuki, parvoz qiymatini 10 marta arzonlaştiriş va ularni zarurat bölganda uzoq muddatli kutiş jarayonisiz amalga oşirişga erişişdir", - degan DARPA dasturi rahbari Jyess Sponebl.
Dasturning birinçi bosqiçini amalga oşiriş uçun – Boeing korporatsiyasi, Northrop Grumman va Masten Space Systems kompaniyalari tanlab olindi. 2015 yil avgustida ilk ikki kompaniya şu maqsadlar uçun 6,5 mln, uçinçisi 3 mln dollar olgandi.
DARPA agentligi aniqlik kiritişiça, XS-1 biznes tasnifidagi reaktiv samolyot hajmidek keladigan uçuvçisiz parvoz qurilmasi bölib, tik holatda fazoga kötariladi va yotiq holatda qönadi. U tezlaştiruvçi raketalarsiz öz dvigatellari yordamida uçişi va tezlik olişi talab etiladi. Belgilangan balandlikka çiqqanidan söng, kosmoplan avtomatik tartibda 1,36 tonnalik sun'iy yöldoşni fazoga çiqaradi. Pentagon mazkur qurilma yerga qaytganidan söng, bir neça soat içida yana fazoga uça olişi kerakligini aytmoqda.
DARPA dasturning ikkinçi bosqiçini 2019 yilda yakunlaşni rejalaştirmoqda. Agar muvaffaqiyat qozonilsa, bir parvoz qiymati 5 mln dollarni taşkil etadi. Uçinçi bosqiç 2020 yilga möljallangan bölib, 15tagaça sinov parvozlarini amalga oşiriş belgilangan. Dastlab kosmoplan tezligi ikkinçi bosqiçsiz 5-10 Maxgaça yetkaziş, söngra 408 kgdan 1,36 tonnalik sun'iy yöldoşlarni orbitaga çiqariş vazifasi bajariladi.













