«Barselona» boş murabbiyi Luis Enrikening amaldagi yordamçisi Xuan Karlos Unsue Ispaniyaning boşqa bir jamoasi «Selta»ni boşqarişga juda yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Faro de Vigo.
Manba bergan xabarga köra, muzokaralar juda muvaffaqiyatli ruhda davom etmoqda. Tomonlar yaqin soatlar içida şartnoma şartlari böyiça butunlay kelişuvga erişişi kutilmoqda. Şunday holatda «Selta»ga Luis Enrikening boşqa yordamçilari ham yöl olişi kerak böladi.
Eslatib ötamiz, oldinroq ispan matbuot Unsueni «Barselona»ni boşqarişga nomzod murabbiylardan biri ekani haqida yozgandi. Ammo sönggi kunlarda kataloniyaliklarni boşqariş uçun faqatgina «Atletik» Bilbao ustozi Ernesto Valverde nomi tilga olinmoqda.











