Bugun Italiyaning Taormin şahrida boşlanişi kutilayotgan G7 – "Katta yettilik" (dunyoning eng yirik 7 davlati – AQŞ, Kanada, Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya) sammiti terrorizmga qarşi kuraş masalasi anjumanning asosiy mavzularidan biri böladi. 

Ekspertlarning işonç bildirişlariça, "yettilik" mamlakatlari ayni şu masalada öz qaraşlarini birlaştirişi mumkin, çunki terrorçilik aktlari sönggi yilda siyosiy klubning deyarli barça a'zolarida amalga oşirildi. 

Sammitning ikkinçi muhim mavzusi Rossiya masalasi bölişi aniq. Albatta, delegatsiyalar bu haqda oşkora söz yuritişni xohlamayotgan bölsa-da, sammit doirasida Rossiya bilan hamkorlik va munosabatlar muhokama qilinadi, deb yozadi RIA Novosti. 

Mançester dasturni özgartirib yubordi

Foto: Reuters

Forumning asosiy mavzusi terrorizmga qarşi kuraş masalasi böladi. Bu "Katta yettilik" sammitlari tarixida ilk marta muhokamaga kiritilmoqda. Yaqinda Mançesterda amalga oşirilgan qöporuvçilik bunga asos böldi. Hudkuş Salmon Obidiy "Mançester Arena"da qölbola portlovçi qurilmani harakatga keltirgan, oqibatda 22 kişi qurbon bölgan, 75 kişi yaralangan edi. Xunrezlik uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga oldi. 

Italiyaning Sitsiliya orolida bölib ötajak anjuman sohibi, Italiya boş vaziri Paolo Djyentiloni terrorizmga qarşi kuraş böyiça alohida hujjat qabul qilinişi zarurligi haqida söz yuritmoqda. 25 may kuni poyoniga yetgan NATO sammitida uning qöşimça qilişiça, Italiya Taormindagi anjuman muhokamasiga ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraş böyiça deklaratsiyani taqdim etadi. 

G7 Research Group mustaqil guruhi ekspertlarining taxminlariga köra, sönggi vaqtlarda Yevropaning qator mamlakatlarida amalga oşirilgan teraktlar "yettilik" mamlakatlarini terrorizmga qarşi kuraşdagi hamkorligini faollaştirişlariga   asos bölişi mumkin. Şu boisdan, Taormindagi yiğiliş sönggida bayonot qabul qilinişi ehtimol. Şu masala bilan bir qatorda IŞID va terrorizmni moliyalaştiriş mavzusi ham muhokama qilinadi. 

Albatta, Eron va Şimoliy Koreyadagi vaziyat siyosatçilarning e'tiboridan çetda qolmaydi. Ekspertlarga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp özi iştirok etadigan uçraşuvlarda uşbu mavzularni kötarişi aniq. Bundan taşqari, Pxenyan yadro dasturi va Koreya yarim orolidagi vaziyatni hal etiş Yaponiya uçun ham muhim masaladir. Uşbu mamlakat boş vaziri Sindzo Abe sammitning şu mavzudagi muhokamalariga rahbarlik qiliş istagini bildirdi. 

E'lon qilinmagan mavzu

Garçi, rasman e'lon qilinmagan bölsa-da, sammitdagi aksar muhokamalarda Rossiya masalasi körib çiqilişi turgan gap. "Rossiyaning Ukrainaga agressiyasi" va "Qrimning qöşib olinişi", G7 Research Group eksperti, Toronto universiteti professori Jon Kirtonning fikriça, "yettilik" yetakçilariga ma'lum ma'noda ta'sir ötkazmay qolmaydi. Uning aytişiça, yirik mamlakatlar bu boradagi bayonotlarida "Rossiya, nihoyat, sanksiyalar tufayli tiz çökişidan avval özini önglab olişiga" işongan holda Ukraina hukumatini jiddiy qöllab-quvvatlaşlarini izhor qilişadi. 

Rossiya masalasidan taşqari, Boltiq mamlakatlaridagi vaziyat, Rossiya bilan terrorizmga qarşi kuraş, xususan, Suriyada hamkorlik qiliş masalalari muhokama etiladi. 

"Yettilik" mamlakatlari yetakçilari — migratsiya va odamlar kontrabandasiga qarşi kuraş muammolariga ham e'tibor qaratişadi. Davlat rahbarlari Liviya, Suriya va Afrika mamlakatlaridan migratsiya oqimini muhokama qilişadi. Yakuniy kommyunikeda yetti davlatning bu boradagi qaraşlari aks ettiriladi.
 
Afrika mamlakatlaridan migratsiya sabablarini muhokama qilişda BMT boş kotibi Antoniu Guterreş va Efiopiya, Keniya, Nigeriya, Niger va Tunis davlatlari vakillari ham iştirok etişi kutilmoqda. Unda Sudan, Nigeriya va Janubiy Somalidagi oçarçilik masalalari, umuman, Afrika şarqi va şimolida oziq-ovqat xavfsizligi, epidemiyalarga qarşi kuraş masalalari muhokama qilinadi. 

Sammitning xufyona yetakçisi

Foto: Reuters

 

25 may kuni Forumga tayyorgarlik doirasida köpçilik "yettilik"ning yorqin yetakçisi kim bölişi xususida fikrlarini bildirişdi. Bu safargi anjumanda bir neça yangi siyosatçilar taşrif buyurayotgani e'tiborga olinsa, G7 sammitida iştirok etiş böyiça tajribaga ega Germaniya kansleri Angela Merkel anjumanning e'lon qilinmagan "yetakçisi" bölişga haqli. Ekspertlarning fikriça, uning bayonotlari Germaniyada bölajak parlament saylovlari oldidan muhim ahamiyat kasb etadi. 

"Xufyona yetakçi"lardan yana biri Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron bölişi mumkin. Uning köplab muammolarga sof yondaşuvi "yettilik" yetakçiliklarining Fransiya rahbari sözlarini diqqat bilan tinglaşga majbur qilişi ehtimoldan xoli emas. 

AQŞ prezidenti Donald Tramp bu borada hozirça imkoniyatni boy bermoqda. Ekspertlarga köra, Oq uyning yangi xöjayini kamera qarşisida özini har doim işonçli tutgan, biroq hamkasblari bilan bevosita muloqotlarda özini yöqotib qöyadi. 

2 mingdan ortiq jurnalist

Italiyaning şarqiy sohillarida bölib ötajak sammitni yoritiş uçun 2 mingdan ortiq jurnalistlar taşrif buyurgan. Ular Taormin va qöşni Djardini-Naksos şahrida taşkil etilgan 2ta matbuot markazida faoliyat yuritişadi. Aytiş joizki, matbuot xodimlarini anjuman işini yoritişdan taşqari yana bir muammo taşvişlantirmoqda. Ulari öz vaqtida uylariga qayta oliş masalasi öylantirmoqda. Gap şundaki, yaqin oradagi Katani şahri aeroportida Italiyaning yirik Alitalia aviakompaniyasi xodimlari iş taşlaş ötkazadi.