Bloger Raşid Usmonov öz blogida röza tutadiganlar uçun foydali maslahatlarini tavsiya qildi.

Mana, Ramazon oyi kirib kelmoqda. Şu yillarda Ramazon yozning harorati issiq, uzun kunlariga töğri kelmoqda. Sönggi 20 yilda yaşaş şaroitlarimiz, ovqatlanişimiz ança rivojlanib, özgarib qolgani tayin. Men öz tajribalarim va kuzatişlarimdan kelib çiqib, röza tutiş mobaynida soğligimiz bilan boğliq ayrim xatolarimiz, xususan, notöğri ovqatlanişimiz haqida yozişni maqsad qildim.

Ramazon oyiga tayyorgarlik

Ramazongaça ön kun qolgan vaqtda uç-tört kun oralatib röza tutib, organizmimizni şunga tayyorlab olişimiz lozim, şundagina Ramazon rözasining birinçi kunlaridan qiynalmay ötib olamiz. Parhezşunoslar organizmni har qanday oçlik va parhezga tayyorlagani kabi, rözadorlar uçun ham Ramazongaça röza tutiş sunnat qilingan.

Ramazon rözasini tutişdan ikki–uç kun avval oşqozonda kislotaviylikni oşiruvçi mahsulotlarni çeklaşimiz hamda töyib ovqatlanişdan özimizni saqlaşimiz lozim. Ayrimlar «ertadan röza», deya bir-ikki kun haddan ziyod köp va kuçli ovqatlanib olişadi va bu jarayon rözaning ilk kunlarida qiynalişlariga sabab bölişi mumkin. Çunki içki a'zolar yana şunça ovqat yeyişingizni kutib, tayyor turişadi.

Röza tutaman degan odam, avvalo, işonç bilan boşlaşi kerak, oç yurişga çiday olişingizga işonsangizgina butun içki organlaringiz ertalabdan keçgaça yemaslik holatini tuşunib, şu şaroitga mos faoliyat yuritadi. Sizni işonçingiz butun içki a'zolarga şomgaça oç yurişga signaldir.

Saharlik

Ertalab uyğonganimiz hamono dastlab suv içib olib, keyin saharlikka tayorgarlik körilsa, 10–15 daqiqadan söng yegan taomimiz suv bilan aralaşmasdan noqulayliklardan qutulamiz.

Saharlikda bizni asosiy içimligimiz suv bölişi lozim, çoy içgan taqdirdayam imkon qadar faqat kök çoy va albatta, uni aççiq qilib damlamasdan içiş lozim.

Quyidagi mahsulotlar bizni kun davomida çanqaşimizga va içgan suvimizni tezroq tanamizni tark etişiga sabab bölişi mumkin:

  • yoğli mahsulotlar va yoğli ovqatlar;
  • me'yoridan ortiq aççiq çoy içiş;
  • dudlangan göşt mahsulotlari;