25 may kuni soat 11.00 dan Toşkent şahri va viloyatlar markazlarida «Adabiyotga e'tibor - kelajakka, ma'naviyatga e'tibor» şiori ostida Respublika «Kitob bayrami» öz faoliyatini boşladi. 

Uşbu ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbir Özbekiston matbuot va axborot agentligi va bir qator davlat va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda ötkazilmoqda. 

Respublika «Kitob bayrami» ötkazilişining asosiy maqsadi noşirlik va matbaa sohalarida qölga kiritilgan yutuqlarning mazmun-mohiyatini, özining noyob iste'dodi va mahoratini xalq ma'naviyatini yuksaltirişga bağişlagan, inson qalbining muhandislari bölgan ijodkorlarni qöllab quvvatlaşga davlat darajasida berilayotgan e'tiborni keng jamoatçilikka yetkaziş, yoşlarning kitob öqişga bölgan qiziqişini oşiriş, aholining kitobxonlik könikmasini yanada yuksaltiriş, milliy adabiyot va jahon adabiyotining eng sara namunalarini Internet tarmoqlariga joylaştiriş kabilardir.

Respublika «Kitob bayrami»da 100 dan ziyod naşriyot va matbaa korxonalari iştirok etmoqdalar.

Respublika «Kitob bayrami»ning boş oçiliş marosimi Toşkent şahrining Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boğida bölib ötdi.

Eslatib ötamiz kitob bayrami joriy yilning 27 may kuniga qadar davom etadi.