25 may kuni «Hilol-naşr» markaziy savdo majmuasida uşbu naşriyotda çop etilgan Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malikning «Şaytanat» romani (2 jildli qayta naşri) va «Doka römol qaçon quriydi» kitoblari taqdimoti bölib ötdi. Bu haqda ziyouz.uz xabar bermoqda.
Taqdimotda yozuvçilar, ijodkorlar, imom-xatiblar, matbuot va ommaviy axborot vakillari hamda adabiyot muxlislari iştirok etdi.


Taqdimot avvalida yozuvçi söz olib, adabiyotning asosiy vazifasi, inson hayotida ilm-ma'rifatning, kitobning tutgan örni haqida gapirdi. «Badiiy adabiyot bilan diniy ilm birlaşmas ekan, biz hali köp adaşib yuramiz… Bir zamonlar özbek xalqini dindan çiqarişda özbek ziyolilari peşqadam bölgan edilar. Endi haq dinga qaytarişda ham ziyolilarimiz peşqadam bölişlari kerak», dedi Tohir Malik.

«Hilol-naşr» naşriyotida naşr etilgan «Şaytanat» romani 2 jildli bölib, uning 1-jildiga asarlarning 1-3-kitoblari, 2-jildiga 4-5-kitoblari kiritilgan. Muxlislarning fikrlari, takliflari va mulohazalarini inobatga olib, yozuvçi romanni qayta tahrir qilgan, ayrim özgarişlar, qöşimçalar kiritgan. Noörin joylarni qisqartirgan.

«Doka römol qaçon quriydi» kitobida oilaviy masalalar, er-xotinlik huquq va majburiyatlari haqida söz boradi. Unda şu mavzudagi hadislar, buyuk allomalar fikrlari jamlangan. Şuningdek, muallifning maqola va hikoyalari kiritilgan.

Tadbir sönggida muallif kitoblarini imzolaş marosimi bölib ötdi.











