Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda elektrlashtirilgan halqa temir yo‘li qurilishiga 320 million dollar ajratiladi
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkentda elektrlashtirilgan tezyurar ikki izli halqa temir yo‘li qurilishi bo‘yicha loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun jami 320,1 million dollar ajratiladi. Qurilish ishlari Toshkent shahrida 2017-2021 yillar davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Joriy yilda ushbu elektrlashtirilgan tezyurar halqa temir yo‘l qurilishiga davlat byudjyeti tomonidan 25,3 million dollar mablag‘ ajratiladi. Besh yil davomida esa O‘zbekiston Respublikasining investitsiyalar dasturi orqali 159,8 million dollar safarbar etiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston rekonstruksiya va rivojlanish fondi mazkur loyihaga 20 million dollar ajratishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Xitoyning Eksimbanki tomonidan esa 115 million dollar miqdorida kredit beriladi.
Toshkentda tezyurar halqa temir yo‘l qurilishini amalga oshirishda Xitoyning ilg‘or texnologiyalaridan foydalaniladi. Shuningdek, Xitoyning zamonaviy tezyurar elektropoyezdlari sotib olinadi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026