Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 9 mln 102,7 ming nafarni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,6 mln nafarga yoki 21,1 foizga oshgan.
Oʻzbekistonga eng koʻp turist Qirgʻiziston Respublikasidan kelgan - 2 mln 524,4 ming nafar. Keyingi oʻrinlarni Qozogʻiston - 2 mln 171,6 ming va Tojikiston - 2 mln 25,4 ming nafar bilan egallagan.
Rossiyadan sakkiz oyda 867,8 ming nafar, Afgʻonistondan 329,6 ming nafar, Xitoydan esa 318,5 ming nafar turist Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Shuningdek, Turkmanistondan 224,8 ming, Turkiyadan 130,2 ming, Hindistondan 39,5 ming va Germaniyadan 32,2 ming nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda kelgan.














