Ukrainalik harbiylar 26 may kuni mamlakat janubidagi poligonlardan birida yangi, yuqori aniqlikdagi boşqariluvçi jangovar raketani muvaffaqiyatli sinovdan ötkazişdi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko ma'lum qildi. 

"Odessadan prezident Ukrainada işlab çiqarilgan yuqori aniqlikdagi raketa muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgan, mamlakat janubidagi poligonlardan biriga taşrif buyurdi. Sinovlar kuçli taassurot qoldirdi", deb yozdi Tsegolko Facebook’da. Raketaning modeli nomi keltirilmagan.

Ukraina prezidenti matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, sinovlar Pyotr Poroşenko, mudofaa vaziri Stepan Poltorak hamda matbuot xizmati va mudofaa kengaşi kotibi  Aleksandr Turçinov iştirokida ötgan. Şu bilan birga ma'lum qilinişiça, raketa turli sinfdagi nişonlarni yöq qilişga möljallangan. Raketaning jangovar qismi, dvigateli va boşqaruv tizimi Ukrainada işlab çiqarilgan. Uning yaratilişida Ukraina mudofaa sanoatining 10 dan köp korxonasi iştirok etgan. Ta'kidlanişiça, sinovlar raketaning yuqori aniqlikda va boşqaruv tizimi işonçli ekanini körsatgan.