Kanadaning Malbe kurort şahri (Kvebek viloyati, Şarlevua tumani) "Katta yettilik"ning 2018 yilgi 44-sammitini qabul qiladi. Bu haqda Kanada boş vaziri Jastin Tryudo ma'lum qildi. 

"Kanada 2018 yilda Şarlevuada G7 sammitini ötkazişdan faxrlanadi. Bu tuman davlatimiz nima bilan boy bölsa, şuni – ikki tillik va madaniy turfalikdan tortib istalgan fasldagi ajoyib manzaralarni aks ettiradi", deb aytgan Tryudo. 

"Hamkasblarim bilan Şarlevuada körişişni sabrsizlik bilan kutib qolaman", deb qöşimça qilgan Kanada boş vaziri. 

Tryudo sammit ötkaziladigan muddatga oydinlik kiritmagan.

Malbe Kvebek şahridan 150 km uzoqlikda joylaşgan haşamatli kurort majmuasi hisoblanadi. Kanada bunday darajadagi sammitni oxirgi marta 2010 yilda Rossiya iştirokidagi G8 formatida ötkazgan. Bu sammit Xantsivillda ötkazilgan.