IŞID va «Jabhat-un-Nusra» terrorçilik guruhlari jangarilari Livan va Suriyaning toğli hududlarida özaro jang qilmoqdalar. 27 mayda yuz bergan töqnaşuvda 40 ga yaqin terrorçi yöq qilingan. Bu haqda Al Mayadeen telekanali xabar bermoqda.  

27 may kuni IŞID jangarilari «Jabhat-un-Nusra» jangarilarining Livanning Ersal şahri atrofidagi lageriga hujum qilgan. Töqnaşuvlar butun çegara hududi böylab boşlangan. Jang davomida IŞID 27 jangarisini, «Jabhat-un-Nusra» va u bilan ittifoqdoş «Saroy Ahl aş-Şom» qurollangan otryadlari 11 jangarisini yöqotgan.

Livan va Suriya çegarasidagi toğ daralari jangarilar tomondan bazalar va maşğulot lagerlari sifatida qöllanadi. Bu yetib boriş qiyin bölgan hududlar orqali Suriyaga qurol va yollanma jangçilar taşlanadi.