«Inter» yarim himoyaçisi Ivan Perişiç «Mançester Yunayted»ga ötişga rozilik bildirgan. Football Italia naşri tarqatgan xabarga köra, xorvatiyalik bu futbolçi mançesteliklar jamoasi bilan 4 yillik şartnoma tuzadi va yiliga 7 million yevrodan (28 million yevro) maoş oladi.
«MYu» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino futbolçini «PSJ» variantini rad etiş va «qizil iblislar» taklifini qabul qilişga köndirgan.
Perişiç milanliklar klubi safida 2015 yil yozidan buyon öynab kelmoqda. Ungaça uşbu xavbek «Volfsburg» safida harakat qilgan.
Yakunlanayotgan mavsumda xorvatiyalik futbolçi «Inter» uçun 41 uçraşuvda maydonga tuşgan va 10 gol urib, 11 golga uzatma bergan.
Bundan avvalgi xabarlarda «MYu» safiga «Atletiko»dan Antuan Grizmann hamda «Real»dan Xames Rodriges kelib qöşilişi haqida yozilgandi.












