Germaniyaning BMW kompaniyasi Villa d'Este körgazmasida Concept Link kelajak elektr skuterlarini— futuristik dizaynda namoyiş etdi. Unda priborlar paneli örniga proyektorni va boşqa köplab yangiliklarni köriş mumkin.
Kelajakka nigoh

Birinçi galda BMW Concept Link kelajak skuterlarini qanday tasavvur qilişini namoyiş etgan. Şu sababli, uning texnik tafslotlari kam.

Skuter elektromotorda işlaydi — u orqa ğildirak oldiga örnatiladi. Korpusning quyi qismida akkumulyator joylaşadi, uning ustida yukxona bölimi böladi. Yukxonani qölni ustidan ötkaziş bilan oçiş mumkin. Bundan taşqari, uşbu skuter orqaga ham harakatlana oladi, deb xabar qilmoqda TechCrunch.

Concept Link kontseptida odatdagi priborlar paneli közga taşlanmaydi, barça ma'lumotlar proyeksiyali sensor panelda aks etadi. Skuter funksiyalarini boşqariş uçun rulda sensorli tugmaçalar bor.

BMW Concept Link – bu hozirça kontsept. Şu boisdan ham, kelgusida bunday harakatlaniş vositalari paydo bölişi noma'lum.





















