Kökni qizartirgan sönggi şafaqlar.
Ufq ortiga nihon bölgan bu zamon.
Soğinç közlaridan tökilgan yoşlar
Bir-la bezalganda gardişi osmon.
Rahmat xazinasin oçqiçi bölib,
Kökka kötarildi misoli kamon.
Feruza gumbazli osmon toqiga,
Çiqibdur muborak mohi Ramazon!
Alloh taologa beadad hamdu sanolar bölsinki, ön bir oyga çözilgan soğinç va iştiyoqdan söng nihoyat oylarning sultoni, ezgulik va xayr mavsumi, toatu ibodat fasli, saxovatu duo, tarovehu Qur'on oyi bölmiş muborak mohi Ramazon özining tarovati, saxovati va barakoti bilan olamga taşrif buyurib, boşimiz uzra rahmat soyaboni bölib turibdi.
Jannatmakon ölkamizning mömin-musulmonlari oylarning eng uluği va eng fazilatlisi bölmiş bu oyni bir olam şodligu quvonç bilan kutib olmoqdalar. Hamma bir-biridan şirin, bir-biridan ezgu orzu umidlar oğuşida. Kimdir Ramazon rözasini bu yil töliq tutib, öttiz kun mobaynida tarovehlarda Qur'on xatmiga some' bölib, köplab savob orttiriş niyatida bölsa, kimdir bu sanoqli kunlar mobaynida Qur'oni karimni töliq öqib tuşiriş ilinjida. Kimdir, bu bebaho va betakror toat mavsumida özini har tomonlama isloh etib, xatolarini tuzatiş, hasad, ginayu kudurat, xusumat kabi ma'naviy illatlardan qalbini musaffo etib, özi uçun pokiza hayot sahifasini oçişni qasd qilgan bölsa, yana kimdir xayrli işlar uçun boşqa vaqtlardagidan köra köproq ajru savoblar beriladigan bu qimmatli fursatlarni ğanimat bilib, mehru muruvvat, saxovat va silai rahm kabi olijanob işlardan imkon qadar köproq zaxira töplaş maqsadida Ramazonning kelişiga intiq.
Ha, azizlar, Ramazon mana şunday öxşaşi yöq, fazilatda tengi yöq muborak oy. U ezgulik sayli, toat mavsumi, yaxşiliklar musobaqasidir. Ötgan uluğlarimiz Ramazonga şunday intiq bölişar ediki, hatto oylar davomida “Ey Alloh, bizlarni Ramazonga eson-omon yetkaz!”, deya Yaratganga iltijolar qilardilar. Ramazon kelib, uning har lahzasini ezgu amallar uçun zaxira qilişgaç, yana bir neça oylar davomida “Ey Alloh, bizdan Ramazondagi amallarimizni qabul et!”, deya tinmay duoda bölardilar.
Solih salaflarimizning Ramazonga munosabatlari ana şunday edi. U zotlar butunboşli yilga Ramazon orqali nazar solganlar. Ramazonni yilning asosi va mehvari deb bilganlar. Şu bois ham yarim yil davomida Parvardigordan Ramazondagi ibodatlarini qabul qilişni sörasalar, qolgan oylarni “Ramazonga yetkaz!” degan iltijo tillaridan tuşmagan.
Zero, Alloh taolo Özining buyuk irodasi va çeksiz hikmati taqozosi bilan özi yaratgan maxluqotlarini fazl va ustunlikda bir-biridan farqli va tafovut qiladigan qilib yaratgan. Ba'zi makonlarni boşqasidan, ayrim zamonlarni özgasidan ortiq va afzal qilib qöygan. Oyu-kunlar orasidan ba'zilarini tanlab olib, ularni ezgulik mavsumlari, toat va ibodat kunlari, qurbat hosil qiliş vaqtlari qilib belgilagan. Bular yil mobaynida hadya tariqasida berilgan rahmat nafhalaridir. Kim ularga e'tibor berib, yaxşiliklaridan bahramand bölib qolsa, öşa haqiqiy baxtiyor kişidir.

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilib dedilar: "Butun umringiz davomida yaxşilik talabgori bölib, Alloh azza va jallaning rahmat şabadalariga yöliqing! Zero, Allohning rahmati jumlasidan bölgan şabadalari borki, ularni bandalaridan xohlaganiga nasib qiladi" (Tabaroniy, Bayhaqiy, Ibn Abdul-Barr, Abu Nuaym, Ibn Asokir va boşqalar rivoyati).
Ana şunday rahmat nafhalaridan biri Ramazon oyidir. Bu oy boşqa oylarga nisbatan fazilatu ustunlikda bamisoli quyoşning boşqa sayyoralarga nisbatan ustunligi kabidir. Alloh taolo Ramazon oyini boşqa barça oylardan oliy va mufazzal qildi. Uni köplab buyuk fazilatlar va uluğ imtiyozlar bilan xosladi. Imom Tabaroniy Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilingan hadisda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Oylarning eng afzali Ramazon oyidir», deganlar.
Ramazon oyining fazilatlarini sanab tugatib bölmaydi. Islomning boş manbai, insoniyatning qiyomatgaça hayot dasturi Qur'oni karim şu oyda nozil bölgandir. Uşbu oyda Islom tarixiga zarhal harflar bilan yozilgan juda köp olamşumul voqealar sodir bölgan. Şu bois butun dunyo musulmonlari uşbu tabarruk oyni solih amallar va Alloh roziligi yölidagi ibodatlar oyiga aylantirişadi.
Ramazon Qur'on oyidir. Qur'on bilan röza oyi orasidagi mustahkam aloqa va boğliqlikni Ramazonning ilk kuni kirişi bilanoq har bir musulmon kişi öz qalbining tub-tubidan his etadi. Va öta kuçli muhabbat va qiziqiş bilan Rabbisining Kitobini mutolaa qilişga kirişadi. Uning oyatlari borasida tafakkur yuritadi, Unda keltirilgan qissalaru xabarlardan ibrat oladi. Masjidlar namozxonlar va Qur'on tilovat qiluvçilar bilan tölib ketadi. Dunyodagi bor masjidlarda Qur'oni karim xatmi boşlanadi. Va bu holat özining lisoni holi ila butun olamga bu oy Qur'on oyi ekanligini baralla e'lon qiladi.
Alloh taolo dedi: “Ramazon oyi – odamlar uçun hidoyat (manbai) va töğri yöl hamda ajrim etuvçi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir” (Baqara surasi, 185-oyat).
Tafsir kitoblarida kelişiça, Qur'oni karim Ramazon oyining Qadr keçasida Lavhi mahfuzdan dunyo osmoniga tuşirilgan. Söngra, yigirma uç yil davomida voqea hodisalar rivojiga muvofiq ravişda bölib-bölib Payğambarimizga indirilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu oyda Qur'onni Jabroil alayhissalom nazoratlaridan töliq ötkazib olar edilar. Bu uluğ farişta bilan birgalikda Qur'oni karimni dars qilardilar. Vafot topadigan yillarida esa, Qur'onni bu uluğ fariştadan ikki marta ötkazib olganlar.

Salafi solihlarimiz ham bu muborak oyda Qur'oni karim uçun alohida e'tibor va vaqt ajratganlar. Faqih olimlar ham bu oyda ilm bilan şuğullanişni butunlay yiğiştirib yoki kamaytirib, Qur'on mutolaasiga iqbol etganlar. Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) Qur'oni karimni har kuni öqib tuşirar edilar. Boşqa ba'zilar Qur'oni karim qiroatini uç kunda nihoyasiga yetkazar edilar. Yana birlari bir haftada xatm qilsalar, boşqalar ön kunda öqib bitirar edilar. Qatoda (rahimahulloh) Qur'onni doimo har yetti kunda xatm qilsalar, Ramazon kelganda har uç kunda öqib tuşirar, oxirgi ön kunlik kirganda esa har keçada xatm qilardilar. Imom Şofeiy (rahimahulloh) Qur'oni karimni Ramazonda oltmiş marta xatm qilardilar. Imom Molik (rahmatullohi alayh) Ramazon oyi kirganda hadis ilmi va ulamolar bilan bölgan ilm majlislarini töxtatib, Qur'on qiroatiga yuzlanar edilar. Sufyon Savriy esa Ramazon kirib kelganda hamma qöşimça ibodatlarni yiğiştirib, özini Qur'on tilovatiga bağişlardi.
Ramazon xayr-saxovat oyidir. Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bu oyda boşqa oylarga qaraganda yanada saxiyroq bölib ketardilar.
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) odamlarning eng saxovatlisi edilar. Ul zotning saxovatlari Ramazon oyida – har keça Jabroil (alayhissalom) Ul zotga Qur'onni ta'lim beriş uçun huzurlariga taşrif buyuradigan paytlarda – ayniqsa çöqqisiga çiqardi. Darhaqiqat, Allohning Rasuli (sollallohu alayhi va sallam) odamlarga yaxşilik bilan muruvvat körsatişda şiddat bilan esayotgan şamoldan-da uçqurroq edilar" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
Şuning uçun ham qadimdan musulmonlar Ramazon kirganda har galgidan saxovatliroq bölişga odatlanganlar. Davlatmand kişilar zakotlarini ham aynan Ramazonda ado etişlari ham şundan. Bu oyning barakasidan har bir uy bahramand bölib, möminlar qalbiga xursandlik va şodlik kirsin uçun odamlar alohida Ramazonga xos xayru ehsonlari bilan bir qatorda zakotlarini ham şu oyda çiqaradilar.
Bu oy tunggi namozlar va nafl ibodatlar oyi hamdir. “Payğambar sollallohu alayhi vasallam Ramazon keçalarini ibodat bilan ötkazib çiqardilar. Qaçon oyning oxirgi ön kuni kelsa, oila a'zolarini va namozga kuçi yetadigan katta-yu kiçikni uyğotardilar. (Imom Muslim rivoyati)
Ramazon oyidagi tunggi namozlar fiqh istilohida “taroveh” deyiladi. Bu namozni öqiş barça musulmonlar uçun sunnat hisoblanadi. Musulmonlar ğofil qolib, bu namozni ötkazib yubormasliklari kerak. Çunki Ramazondagi nafl namozlar uçun beriladigan uluğ savoblar boşqa oylarda berilmaydi.

Bu oyda jin-şaytonlarning eng yomonlari zanjirband qilinadi. Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadi: “Payğambar (sollallohu alayhi va sallam) sahobalariga xuşxabar berib, aytardilar: “Sizga muborak Ramazon oyi keldi. Alloh sizga uning rözasini tutişni farz qildi. Bu oyda jannat darvozalari oçilur, jahannam qopqalari yopilur, itoatsiz jin-şaytonlar zanjirband qilinur. Bu oyda bir keça bölib, u ming oydan yaxşiroqdir. Kim öşa keçaning yaxşiligidan mahrum bölsa, köp yaxşilikdan mahrum bölibdi” (Ahmad ibn Hanbal, Nasoiy, Bayhaqiy, Ibn Abu Şayba va Işoq ibn Rohavayhlar rivoyati, isnodi sahih).
Ramazon rahmat oyidir. Ramazonda Alloh taoloning rahmati jöş uradi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Ramazon bölganda rahmat eşiklari oçiladi», deyilgan. Ramazonning avvalgi ön kunligi nafaqat oyning, balki yilning «rahmat kunlari» hisoblanadi.
Ramazon mağfirat oyi. Uning örtadagi ön kuni nafaqat oyning, balki yilning «mağfirat kunlari» hisoblanadi. Ramazon fazilati haqida Salmon (roziyallohu anhu) qilgan rivoyatda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «U avvali rahmat, örtasi mağfirat va oxiri dözaxdan ozod böliş fursati bölgan oydir», deganlar.
Ramazonning oxirgi keçasi mağfirat keçasidir. Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: «U (Ramazon)ning oxirgi keçasida rözadorlarning gunohlari keçiriladi», dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, u Qadr keçasimi?», deb söraşdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yöq, lekin işçi işini ado etganidan söng ajri – haqi töla qilib beriladi», dedilar (Imom Ahmad rivoyati).
Ramazon dözaxdan ozod böliş oyidir. Ramazon oyida jannat darvozalari oçilib, dözax eşiklari yopiladi. Çunki, bu oyda jannatga kiriş uçun sabab bölgan xayrli işlar va solih amallar köproq bajariladi, dözaxga kiriş uçun sabab bölgan gunoh-ma'siyatlar va yaramas, jirkanç, uyatli işlar kamroq sodir etiladi. Jannat darvozalari musulmonlarni xayrli işlarga şoşilişga tarğib qilib ham oçiladi. Dözax eşiklari esa, gunohlardan qaytgan, istiğfor aytgan, afsus-nadomat çekkan, qayta qilmaslikka niyat qilgan holda tavba qilişga tarğib qilib yopiladi. Natijada, bu oyda vafot etgan va ruhi dözaxga mahkum qilingan kimsalar, bu oyning şarofati ila şu oyning oxirigaça dözaxga kiritilmay turadi. Jannatning barça darvozalari oçilişi Ramazon oyida yer yuziga Allohning rahmati köp nozil bölişiga ham işoradir. Uning oxirgi ön kunligi «dözaxdan ozod böliş» kunlari sanaladi. Şu bilan birga, Ramazonda har keça son-sanoqsiz kişilar dözaxdan ozod qilinadi. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazonda har keça Allohning dözaxdan ozod qilinadigan bandalari bor», deganlar.
Ramazon duo oyi. Ramazon oyining har kunida qabul böladigan bir duo bor. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilib dedilar: “Albatta, Ramazonning har kunida barça musulmonlar uçun qabul böladigan bir duo bor” (Imom Ahmad, Bazzor va boşqalar rivoyati).
Agar bu duo röza paytida, ayniqsa, iftordan salgina oldin qilinsa, maqsadga muvofiq böladi. Yana Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytadilar: “Uç kişining duosi qaytarilmaydi: adolatli imom, rözador to iftor qilguniça va mazlumning duosi” (Ibn Moja, Termiziy, Ahmad ibn Hanbal, Bayhaqiy, Ibn Hibbon, Tayolisiy, Ibn Xuzayma va Işoq ibn Rohavayhlar rivoyati).
Bu zikr qilinganlar Ramazon oyining barça fazilatlarini töla qamrab ololmaydi, balki, mazkur fazilatlar oldida daryodan ayrim tomçilar xolos. Yöqsa, uning fazilatu xususiyatlarini sanab adoğiga yetkaziş muşkuldir. Alloh taolodan yolborib söraymizki, bu muborak oyni, rahmat va mağfirat oyini, dözaxdan najot beriladigan, duolar ijobat qilinadigan Ramazon oyini barçamizga xayrli va barakotli qilsin! Uni taqvo ne'matiga erişişimiz uçun vasila qilsin! Omin!
Rahmatulloh Sayfuddinov
Yunusobod tumani boş imom-xatibi,
Toşkent Islom Instituti öqituvçisi,
«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi












