Sport | 15:08 / 29.05.2017
9434
1 daqiqa o‘qiladi

Manchinining "Zenit"dagi maoshi ma'lum qilindi

Italiyalik mutaxassis Roberto Manchini "Zenit"da yiliga 5-6 mln yevro maosh oladi. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar berdi. 

Avvalroq Manchini "Zenit" bilan shartnoma imzolash uchun Rossiyaga kelgan edi. 

Manchinining so‘nggi ish joyi "Inter" klubi bo‘lib, u yerdan 2016 yilning avgustida ketgan edi. 

28 may kuni "Zenit" jamoa bosh murabbiyi Mircha Luchesku bilan shartnomani bekor qilgani haqida e'lon qilgan. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid