"Barselona" himoyaçisi Jyeremi Matyo jamoasi Ispaniya Kubogida "Alaves" ustidan 3:1 hisobida ğalaba qilgaç, bir neça jamoadoşlariga katalon klubini yozda tark etmoqçiligini ma'lum qilgan. Bu haqda Mundo Deportivo naşri xabar bermoqda. "Barsa" bilan şartnomasi yana bir yil amal qiladigan 33 yoşli fransuz ikki klubdan taklif olgan. 

Ma'lum qilinişiça, Matyo Kubok finalidan keyin Madriddan Barselonaga parvoz vaqtida jamoadoşlaridan suvenir töpiga imzo qöyib berişni söragan, bu esa uning klubni tark etiş qaroridan darak berişi mumkin. 

"Barselona"ning Çempionlar Ligasi çorak finalida "Yuventus"ga qarşi 1-öyinidan keyin klub rahbariyatining Matyo öyinidan tamoman köngli qolgan. Öşa uçraşuvda Luis Enrike tanaffus vaqtida Matyoni almaştirgandi. Şundan keyin futbolçi "Barsa" tarkibida boşqa maydonga tuşmagan.