Peterburg tergovçilari firibgarlik yöli bilan bemorning 22ta soğlom tişini suğurib olgan şifokor-stomatologga nisbatan tergov işlarini olib bormoqda. Bu haqda Tergov qömitasining Sankt-Peterburg böyiça rahbari ma'lum qildi.
Tergov ma'lumotlariga köra, 2014 yili Frunze tumanidagi xususiy klinikalardan birining muassisi va şifokori "43 yoşli mahalliy fuqaro bölgan ayolni körsatilgan stomatologiya xizmatlari borasida aldagan". Natijada, ayolning 22ta soğlom tişini olib taşlab, "sifatsiz protez tiş" örnatişgan. Mazkur amaliyot uçun bemor ayol 843 ming rubldan ortiq mablağidan ham ayrilgan.
Bundan taşqari, tergovçilar şifokorning şunday jinoyatlarni bir neça bor amalga oşirganiga doir ma'lumotni ham tekşirişmoqda. Hozirda, şifokor ayolga nisbatan ehtiyot çorasi qöllaş va unga ayblov e'lon qiliş masalasi körib çiqilmoqda.











