Janubiy Koreyada qahvaga mamlakatning yangi prezidenti Mun Çje In nomi berildi. The Wall Street Journal şu haqida ma'lum qildi. 

Manbaga köra, davlat rahbari tez-tez taşrif buyuradigan Seuldagi qahvaxona ana şunday taşabbus bilan çiqqan. U yoqtiruvçi içimlik endilikda Moon Blend deb nomlanadi. 

Ma'lumotlarda ta'kidlanişiça, hozirda bu muassasaga taşrif buyuruvçilar oqimi köpaygan.

Sönggi sörovnomalarga köra, Janubiy Koreya aholisining 88 foizi Mun Çje In öz işini uddalaydi, deb hisoblaydi. Prezidentning tarjimai holi, şuningdek Time jurnalining muqovasida davlat rahbari portreti aks etgan soni sotuvlari ösib bormoqda. 

Bundan taşqari, prezident qarorgohiga taşrif buyurişni istovçilar ham köpaygan. Nihoyat, bu mamlakatda "prezident kabi" kiyiniş va uningdek aksessuarlardan foydalaniş maşhur bölmoqda.