Yamanda bir oy içida içburuğ va vabo bilan kasallanganlar soni 42 mingdan oşib ketdi. JSSTning duşanba kungi ma'lumotiga köra, kasalliklar asosan poytaxt Sana hamda Hajja va Amron provinsiyalarida qayd qilingan.

JSST ma'lumotlariga köra, 27 apreldan 24 mayga qadar Yamanda 42 ming 207 nafar ötkir içburuğ va vaboga çalingan bemorlar qayd qilingan. Ulardan 420 nafari hayotdan köz yumgan. Labaratoriya şaroitlarida tasdiqlangan vabo holatlari hozirça 313 nafarni taşkil qiladi. 

Taşkilotda ta'kidlanişiça, sönggi oyda ölim holati 2016 yil oktabridan 2017 yilning martiga qadar bölgan davrga nisbatan deyarli uç karra oşgan. 

Sönggi ma'lumotlarga köra, Yamanda ötgan yilning oktabridan boşlab vabo taxmin qilingan bemorlar soni 49 495 kişini taşkil qiladi, kasallik bilan boğliq 362 ölim holati ham şular jumlasidandir.