2017 yil 19 mayda Özbekiston Respublikasi prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beriş hamda iste'mol qiliş sohasida tölov intizomini yanada mustahkamlaş, şuningdek, ijro işi yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi. Farmon matni ÖzA saytida e'lon qilindi.

Saytimizda ilgari öz manbalarimizga tayanib xabar berganimizdek, farmonga köra, 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, şuningdek, elektr va gaz ta'minoti sohasida boşqaruv tizimini, nazorat va hisobga oliş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş, tölov intizomini mustahkamlaş, javobgarlikni kuçaytiriş, ijro işi yuritişning samaradorligini tubdan oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (keyingi örinlarda Byuro deb ataladi) taşkil etilmoqda.

Prezident farmoniga köra, quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarining sözsiz ijrosini ta'minlaş, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablağlarning haqqoniy hisobini yuritiş, ijro işi yuritişda sansalorlik va suiiste'molçilik holatlarining oldini oliş;
  • elektr, gaz uzatiş va gaz taqsimlaş tarmoqlariga noqonuniy ulaniş, talon-taroj holatlarini aniqlaş, bartaraf etiş va oldini oliş;
  • energiya resurslari uçun tölovlarning öz vaqtida va töliq undirilişini, iste'molçilarning qarzdorligi kamaytirilişini ta'minlaş;
  • energiya resurslari iste'molini nazorat qiliş va hisobga olişning zamonaviy avtomatlaştirilgan tizimlari, şuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilişi ustidan monitoring ötkaziş;
  • energiya resurslarini sotiş va iste'moli hisobini yuritişda iştirok etiş;
  • energiya resurslari iste'molçilarining mas'uliyati va huquqiy madaniyatini oşiriş çoralarini köriş;
  • kompleks tahlil ötkaziş, tizimli muammolarni aniqlaş, energiya resurslari uçun hisob-kitob qilinişini ta'minlaş va majburiy ijro tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni yuritiş, suriştiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiriş.