Sergey Brin ulkan havo kemasini qurayotganiga oid gap-sözlar ançadan beri bolalayotgan edi, lekin loyihaga oid tafsilotlar endigina paydo böldi. The Guardian ma'lumotlariga köra, Brin gumanitar missiyalarni bajara oluvçi va bir vaqtning özida Brinning qarindoşlari va döstlari uçun öziga xos "havo yaxtasi" sifatida xizmat qilişi mumkin bölgan ulkan dirijablni işlab çiqişga kirişgan.

Yuk maşinalari gumanitar yordamni yetkazib berişi uçun yöllar ravon va tösiqsiz bölişi kerak, poyezd va samolyotlarda ham şunday - ularning bariga qulay infratuzilma kerak, dirijabl esa bu işni maxsus qöniş maydonlarisiz ham amalga oşira oladi. Bundan taşqari, u uzoq vaqt havoda böla oladi. Uning bortida ballast örniga maxsus gaz tizimi örnatiladi va bu tizim dirijabl balandligini nazorat qiladi - bu esa dunyoning istalgan mamlakatiga yuklarni yetkaziş imkonini beradi. U geliyda işlaydi. 

Dirijabl uzunligi 200 metrga yaqin - bugungi kunda u dunyodagi eng katta havo kemasi. Dirijabl Moffet Fild harbiy bazasi angarlarida işlanmoqda - u yerda Google'ga qaraşli Planetary Ventures kompaniyasi 4 kvadrat kilometr maydonni ijaraga olgan. Şartnoma 65 yilga imzolangan, uning qiymati - milliard dollarga yaqin. 

Google vakillari bu borada izoh berişdan tiyilişmoqda.