Kattaroq ilon tomonidan yutib yuborilgan boshqa bir ilon tasodifan omon qoldi (video)

AQShning Texas shtatida ilon boshqa bir kichikroq ilonni yutib yuborishga harakat qildi, biroq bunga holatni videoga olgan o‘tkinchilar xalaqit berdi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatdi.
Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, u yo‘ldan uncha uzoq bo‘lmagan yerda payqagan ilonni tasvirga olishga qaror qilgan. Videoga olishni boshlaganda esa, sudralib yuruvchi boshqa bir ilonni ichidan “tuflab” chiqarib tashlashni boshladi.
Yutib yuborilgan sudralib yuruvchi omon qolgan. Shu bilan birga, unga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan ilon voqea joyidan yashiringan.
Nashrning yozishicha, ilonlar yaqindagina yegan narsasini, tahdid sezsalar qayta chiqarib yuborish xususiyatiga ega. Aftidan, hayvon kamerali kishilarni ko‘rib yashirinishga qaror qilgan, bu esa uning qurboni hayotini saqlab qoldi.

Mavzuga oid

21:57 / 02.05.2025
Texasda 8 mln dona tanga avtomobil yo‘liga sochilib ketdi - video

12:13 / 29.04.2025
Toshkentda uyning ichiga kirib olgan ilon zararsizlantirildi

11:45 / 14.04.2025
FVV qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirdi

14:38 / 20.01.2025