Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 29 mayda Misr Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiga Al-Minya viloyatida sodir etilgan mudhiş terrorçilik harakati oqibatida qöplab begunoh odamlarning halok bölişi va jarohat olişi munosabati bilan hamdardlik maktubini yölladi.

Davlatimiz rahbari Misr Prezidenti, döstona Misr xalqi va halok bölganlarning yaqinlariga samimiy ta'ziya va hamdardlik sözlari bildirib, jarohat olganlarga tez fursatlarda soğayib ketişlarini tilab qoldi, deb xabar bermoqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati. 

Eslatib ötamiz, jangarilar tomondan nasroniy-qibtiylar avtobusiga uyuştirilgan qurolli hujum oqibatida 28 kişi halok bölgan, 30 ga yaqin kişi jarohatlangan.