«Arsenal» boş murabbiyi Arsen Venger duşanba kuni klub xöjayini Sten Kronke bilan uçraşuv ötkazgan.

Tomonlar yangi şartnoma tuziş masalasini muhokama qilişgan, lekin hozirça heç narsa imzolanmagan.

67 yoşli mutaxassisning jamoada qoliş-qolmasligi masalasi bugun ötkaziladigan direktorlar kengaşi yiğilişidan keyin aniq böladi.

Kronkening özi fransuz murabbiyni qöllab-quvvatlab keladi, u murabbiyga APLda ğalaba qozoniş uçun transferlarga kerakli mablağlarni ajratişga tayyor.

Venger «Arsenal»ni 1996 yildan buyon boşqarib kelmoqda, ammo klub 2004 yildan buyon Angliya çempionligiga erişmadi.

Yakunlangan mavsumda jamoa ilk marta kuçli törtlikka kira olmadi va keyingi mavsumda YeÇLda iştirok etmaydigan böldi. Şu bilan birga Angliya Kubogi finalida ğalaba qozonildi.