Intel kompaniyasi ötgan yili bölib ötgan Computex körgazmasi doirasida 1700 dollar turadigan 10-yadroli protsessorni ommaga namoyiş qilgan edi. Oradan bir yil ham ötmay, mikroçiplar işlab çiqaruvçi maşhur kompaniya umuman yangi Core X protsessorlari qatorini taqdim etdi. Yangi avlod protsessorlari orasida eng közga taşlangani 18 yadroli 36 qatorli Core i9-7980XE protsessori böldi. U 1999 dollardan sotilişi ma'lum qilindi. Aytiş mumkinki, u yaqinda şov-şuvlarga sabab bölgan raqobatçi 16-yadroli AMD Ryzen Threadripper protsessorini ortda qoldirişi mumkin.
Öta kuçli köp qatorli yangi protsessorlar eng talabçan foydalanuvçilarni ham qanoatlantirişi kerak. Masalan, 4K ölçamli öyinni öynaş barobarida öyin jarayonini Twitch xizmati orqali bevosita HD formatda onlayn efirga jonli uzatişni xohlovçilar ham undan bemalol köngli töladi. Agar 18 yadro juda ortiqça deb öylasangiz, Core X 16 (1699 dollar), Core X 14 (1399 dollar) va Core X 12 (1199) protsessorlaridan birini tanlaşingiz mumkin. Yangi protsessorlar ötgan yilgi 10 yadroli protsessorlar kabi 140 vattlik TDP (thermal design power yoki thermal design point)ga ega.
Yangi protsessorlar LGA 2066 soketi va X299 çipseti bilan jihozlangan Motherboard platalariga mos keladi. Yangi Motherboard joriy yil iyun oyidan savdoga çiqariladi. Yangi soket LGA 2011 örnini egallaydi va stol kompyuterlar samaradorligini sezilarli oşiriş imkonini beradi. Barça i9 protsessorlari 3,3 GGts çastotali bölib, Intel Turbo Boost Max 3.0 texnologiyasi yordamida 4,3 GGts tezlikkaça işlay oladi.
Bundan taşqari, kompyuter öyinlari ixlosmandlari uçun yana bir quvonçli xabar şundan iboratki, 10 yadroli protsessor i9-7900X narxining 999 dollargaça arzonlaştirilganidir. Ötgan yili 1700 dollardan sotilgan edi.














