Afğoniston poytaxti Kobul şahrida kuçli portlaş röy berdi. Kelib tuşayotgan ma'lumotlarga köra, hodisa şaharning prezident saroyi va xorijiy elçixonalar binolari joylaşgan hududdan uzoq bölmagan joyda sodir bölgan.

Portlaş halokatli bölgan - hodisa hududidan bir neça yuz metr masofadagi uylar şikastlangan.

Fox News telekanali afğonistonlik ma'murlarga asoslanib bergan ma'lumotiga köra, portlaş kamida 50 kişini hayotdan olib ketgan.

Ariana News ma'lumotida qurbonlar soni 200 nafardan ortiq ekani aytilgan.

Afğoniston Soğliqni saqlaş vazirligi ayni vaqtga kelib 60 kişi jarohatlangan holda şifoxonaga keltirilgani haqida xabar bergan.

Assoşieyted Press esa hodisa oqibatida "50 kişi yo jarohatlangani yo halok bölgani" haqida yozmoqda.

Mahalliy politsiya terakt xudkuş terrorçi tomonidan sodir etilganini ma'lum qildi.