Angliya Premer-ligasi 2015/16 yilgi mavsumda 3,649 mlrd funt (4,17 mlrd yevro) miqdorida daromad körgan. Bu haqda The Guardian naşri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga köra, bu avvalgi mavsumga qaraganda 200 mln funtga (228 mln yevro) köpdir.
Angliyada eng köp daromad qilgan jamoa - «Mançester Yunayted» bölgan. Bu jamoa daromadi miqdori 515 mln funt (558 mln yevro). Bu borada ikkinçi örinni «Mançester Siti» egallagan — 392 mln funt (418 mln yevro).
Şuningdek, klublar futbolçilarning va boşqa xodimlarning maoşlari uçun 2,241 mlrd funt (2,569 mlrd yevro) sarflagan. Bu esa yangi rekord hisoblanadi.
2016/17 yilgi mavsumida klublarning daromadi yanada oşişi kutilmoqda. Premer-liganing Britaniya kanallari bilan tuzgan şartnomasiga köra, klublar uç yil davomida 8,4 mlrd funt (9,6 mlrd yevro) mukofot oladi. Bu esa ularning daromadini 60 foizga oşiradi.












