BAA hukumati Afğoniston poytaxtidagi teraktdan söng öz elçixonasini yopdi va undagi xodimlarni Dubayga köçirdi. 31 may kuni yuz bergan fojia sabab bir neça önlab kişilar halok böldi, deb xabar bermoqda Pajvak agentligi.
 
BAA TIV mamlakatning uşbu davlatdagi elçixonasi binosi portlaş sabab zarar körgani, diplomatlar va boşqa xodimlar baxtli tasodif tufayli jabrlanmaganini ma'lum qilgan.

Kobulda kuçli portlaş çorşanba kuni ertalab prezidentlik saroyi va xorijiy davlatlar elçixonalari yaqinida yuz berdi. OAV ma'lumotiga köra, hodisa oqibatida 90 kişi halok bölgan, 380 nafar inson jarohatlandi. IŞID terrorçilik guruhi Afğoniston poytaxtidagi portlaş uçun mas'uliyatni öz zimmasiga oldi.

Afğoniston maxsus xizmatlarining fikriça, Kobuldagi terakt “Haqqoniy tarmoği” terrorçilik guruhi tomonidan taşkillaştirilgan bölib, Pokiston razvedkasi ham unga aloqador bölişi mumkin.