11:00 / 01.06.2017
7443

Italiya o‘rtoqlik uchrashuvida 8ta gol urdi

31 may kuni 3ta o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Italiya terma jamoasi Empolidagi «Karlo Kastellani» stadionida San-Marinoni qabul qilib, 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.

G‘oliblar safida «Milan» hujumchisi Janluka Lapadula het-trik qayd etdi, Janmarko Ferrari, Andrea Petanya, Mattia Kaldara, Matteo Politano bittadan gol urdi, yana bir marta San-Marino himoyachisi Jovanni Bonini o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Italyanlarning keyingi o‘yini 7 iyun kuni Urugvayga qarshi bo‘lib o‘tadi. San-Marino esa 10 iyun kuni JCh-2018 saralashi doirasida Germaniyaga qarshi safarda o‘ynaydi. 11 iyun kuni Italiya ham saralashdagi navbatdagi uchrashuvida maydonga tushadi, raqib - Lixtenshteyn.

Niderlandiya Marokash mehmoni bo‘lib, Promes va Yanssenning gollari evaziga g‘alaba qozondi - 2:1. Kot-d`Ivuar – Benin uchrashuvida kuchlar teng keldi - 1:1

O‘rtoqlik uchrashuvlari
Italiya – San-Marino 8:0 (4:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 10 Lapadula, 2:0 – 13 Ferrari, 3:0 – 16 Petanya, 4:0 – 19 Lapadula, 5:0 – 48 Kaldara, 6:0 – 49 Lapadula, 7:0 – 58 Politano, 8:0 – 65, avtogol Bonini.
Italiya – Skuffet, Ferrari, D`Ambrozio, Konti (Biragi, 70), Kaldara, Bazelli (Pellegrini, 46), Galyardini (Kataldi, 46), Keza (Kaprari, 62), Berardi (Politano, 46), Lapadula, Petanya (Falchinelli, 46).
San-Marino –    Benedettini (Simonchini, 46), Brolli, Chervellini, Chezarini (Bonini, 63), Bordi (Stefanelli, 87), Golinuchchi, Tozi (Della Valle, 56), Cevoli (Matstsa, 71), Xirsh, Rinaldi, Vitayoli (Dzafferani, 62).

Marokash – Niderlandiya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 22 Promes, 0:2 – 68 Yanssen, 1:2 – 72 Bussufa.
Marokash – Muhammadiy, Saiss, Amrabat (An-Nesiri, 85), da Koshta, Belhanda (Butayb, 77), Bussufa, Bufal (Karsela-Gonsales, 60), Al-Ahmadiy (Ayt-Bennosir, 64), Fajr (Bammu, 90), Dirar, Buhadduz (Azaru, 46).
Niderlandiya – Zut, Veltman, Ake, Xudt, de Ligt, Promes, Tornstra (Sneyder, 73), Bergeys (de Ron, 46), Trindade, Depay (Virgever, 74), Yanssen (Dost, 73).
Ogohlantirishlar: de Ron (83).
Chetlatish: de Ligt (70).

Kot-d`Ivuar – Benin 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 69 Diabate, 1:1 – 80 Yaru.

Top