«Mançester Yunayted» darvozaboni David de Xeani «Real»ga sotişdan boş tortdi.
Sky Sports naşri xabariga köra, madridliklar jamoasi uşbu ispaniyalik darvozabon uçun 60 mln funt sterling (69 mln yevro) taklif qilgandi, biroq mankunianliklar rad javobini berdi.
Avvalroq David Joze Mourino boşçiligida «MYu»dagi hayotidan mamnunligi va keyingi mavsumda Çempionlar Ligasida iştirok etuvçi jamoaning bir qismi ekanligidan baxtiyorligi ma'lum qilingandi.
Mankunianliklar Yevropa ligasida «Ayaks»ni 2:0 hisobida yengib, keyingi mavsumda Çempionlar Ligasida iştirok etiş huquqini qölga kiritişdi. «MYu» musobaqaning guruh bosqiçiga qur'a taşlaşda 2-savatçadan joy oladi.












