«Portu» darvozaboni Iker Kasilyas faoliyatini Fransiya çempionatida davom ettirişi mumkin. RMC xabariga köra, 36 yoşli futbolçi bilan «Marsel» bir yillik şartnoma tuzişga tayyor.
«Provansallar» sport direktori Andoni Subisarreta unga «1+1» körinişida şartnoma taklif etmoqçi. Şu bilan birgalikda Stiv Mandanda «Kristal Pelas»dan «Marsel»ga qaytarilişi ham mumkin.
Bundan avvalroq «Portu» Kasilyas xizmatlarini «PSJ»ga taklif etgandi. Parijliklar jamoasida yaqin vaqtlar içida «Portu»ning sobiq sport direktori Antero Enrike iş boşlaşi kutilmoqda. Aynan u Kasilyasning «Real»dan «Portu»ga transfer qilinişida boş-qoş bölgandi.
Lissabonliklar jamoasining ispaniyalik darvozabon bilan amaldagi şartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.












