Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada xorijlik haydovchilarga Rossiya haydovchilik guvohnomasisiz ishlash taqiqlanadi
Rossiyada 1 iyundan Rossiya haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan xorijlik haydovchilarga o‘z ixtisosligi bo‘yicha ishlashni taqiqlovchi qonun kuchga kirmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bu qonunning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha javobgarlik ish beruvchilar zimmasiga yuklanadi. Bu qonunning buzilganligi uchun ularga nisbatan ma'muriy javobgarlik kiritiladi.
"Bu taqiqlov bajarilishini ish beruvchilar nazorat qilishlari kerak bo‘ladi. Ularga nisbatan yo‘nalishga Rossiya milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan haydovchini chiqarganlik uchun ma'muriy javobgarlik kiritiladi. Ma'muriy jarima 50 ming rublni tashkil qiladi", deb ta'kidlandi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh inspeksiyasida.
Mavzuga oid
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026