Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 may kuni «Özbekiston Respublikasi bojxona postlarini jihozlaş uçun Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan taqdim etilayotgan grantdan samarali foydalanilişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
I.Karimov nomidagi Toşkent Xalqaro aeroportining çegara bojxona postida örta hajmli yuklarni nazorat qiliş böyiça önta skanerdan ötkaziş tizimi örnatiladi.
Grant içiga törtta yirik hajmli inspeksiya-nazorat majmuasi ham kiradi. Ular «Özbekiston», «Bekobod» (Toşkent viloyati), «Xöjadavlat» (Buxoro viloyati) va «Sariosiyo» (Surxondaryo viloyati) temir yöl çegara bojxona postlarida örnatiladi.
Xitoy granti öz içiga uskunalar uçun ehtiyot qismlari, uning montaji va boşqa işlarni, kafolatli texnik xizmat körsatiş va operatorlarni öqitişni qamrab olgan. Grantning umumiy miqdori – 126 million yuan yoki 18,3 mln AQŞ dollari.












