Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) taşkilotga a'zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi. Unga köra, Özbekiston milliy terma jamoasi 582 oçko bilan 62-örindan joy oldi.

Terma jamoa avvalgi körsatkiçga nisbatan 2 poğona yöqotdi. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a'zo mamlakatlar orasida Özbekiston  termasi hamon 6-örinda bormoqda. Eron terma jamoasi ham 2 poğona yöqotgan bölişiga qaramay, Osiyoda peşqadamlikni saqlab qoldi. Kuçli uçlikda özgariş yuz bermagan.

1 (30). Eron – 829 oçko;

2 (43). Janubiy Koreya – 703 oçko;

3 (45). Yaponiya – 689 oçko;

4 (48). Avstraliya – 681 oçko;

5 (53). Saudiya Arabistoni – 636 oçko;

6 (62). Özbekiston – 582 oçko;

7 (75). BAA– 450 oçko.

8 (77). Suriya – 436 oçko;

9 (82). Xitoy – 425;

10 (88). Qatar –374 oçko.

FIFA reytingida Braziliya 1715 oçko bilan peşqadamlikni mustahkamlab oldi. Ikkinçi örinni Argentina (1626 oçko) egallab turgan bölsa, uçinçi örindan Germaniya (1511 oçko) joy olgan. Jadvalda 4–10-örinlarni tegişli ravişda Çili, Kolumbiya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Şveytsariya, Ispaniya va Polşa (ikkalasi 10-örin) terma jamoalari egallagan.