Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanidagi “Eko parranda” mas'uliyati çeklangan jamiyatida 70 ming zotli tovuq parvarişlanib, kuniga 60 mingdan ziyod tuxum olinayotir. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
– Tovuq parvarişlanadigan sexlar xorijdan keltirilgan zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan, – deydi “Eko parranda” mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari Muhiddin Umidov. – Tovuqqa yem berişdan tortib, tuxumini olişgaça bölgan barça jarayon avtomatlaşgan tizimda işlaydi.
Beş yil avval 10 ming tovuq boqiş bilan faoliyat boşlagan korxona bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qilindi. Istiqbolli loyihalar amalga oşirilişi natijasida mahsulot işlab çiqariş hajmi keskin oşdi, yangi iş örinlari yaratildi. Ayni paytda bu yerda 20 kişi mehnat qilmoqda.
Içki bozorda mustahkam örin egallagan korxona mahsulotni taşqi bozorga çiqarişni ham yölga qöydi. Ötgan yili qöşni Afğoniston va Tojikiston davlatlariga 107 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. Joriy yilning 1 apreliga qadar bu körsatkiç 320 ming dollardan oşdi. Korxona jamoasi yil oxiriga qadar bu körsatkiçni 1 million dollarga yetkazişni rejalaştirgan.
– Aholiga tarqatiş uçun 80 ming dona naslli jöja ham parvarişlaymiz, – deydi korxona iş boşqaruvçisi Umarxon Umidov. – Faoliyatimizni yanada kengaytiriş maqsadida 10 milliard 200 million sömlik yirik loyiha ustida iş olib borilmoqda. Naslli parrandani özimizda yetiştiriş imkonini yaratadigan uşbu loyihaga köra, yiliga 456 ming dona jöja oçirişga möljallangan zamonaviy inkubatsion sex, jöja yetiştiriş va 50 ming tovuq boqiş uçun qöşimça zamonaviy obektlar quriladi. Natijada 30 yangi iş örni yaratiladi.











