AQŞ prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida AQŞni Trans-Tinç okeani şerikligi kelişuvidan olib çiqişga va'da bergandi va u bu va'dasini bajardi. Endi Tramp AQŞni iqlim böyiça Parij kelişuvidan olib çiqişni rejalaştirmoqda. Trampning bu qarori jahon iqtisodiyotiga qanday ta'sir qilişi mumkin? 

Jahon yetakçilari AQŞ 2015 yilgi Parij kelişuvidan çiqadigan bölsa ham kelişuvni qöllab-quvvatlaşga tayyorlanmoqdalar. 

Bryusseldan tortib Pekingaça, barça jahon yetakçilari AQŞsiz ham olğa borişga tayyorliklarini aytişmoqda, ba'zi davlatlar esa kelişuv bandlarini amalga oşirişni tezlaştiriş haqida gapirmoqdalar.

Hujjat loyihasiga köra, 2 iyunda Bryusseldagi sammitda Yevropa Ittifoqi va Xitoy qazib olinuvçi yonilğidan energiyaning tiklanuvçi manbalariga ötiş böyiça sa'y-harakatlarni faollaştirişga çorlovçi bayonotni imzolamoqçi.

Loyihada Yevropa Ittifoqi va Xitoy Parij kelişuvining samarali amalga oşirilişi tarafdori ekanliklarini ta'kidlaşlari va barça tomonlarni uni qöllab-quvvatlaşga çorlaşlari aytilgan.

Bunday birdamlik kelişuvdan AQŞ çiqadigan bölsa, kelişuv barbod bölişiga yöl qöymaslik borasidagi qat'iyatlikni namoyiş qiladi.

Gap yana şundaki, 190 dan köproq davlat tomondan qöllab-quvvatlangan kelişuv juda qayişqoq bölib, atrof-muhitga zararli çiqindilarni çiqariş böyiça aniq çoralar körişga majbur qilmaydi, balki hukumatlarga karbonat angidrid va boşqa issiqxona gazlarining çiqarilişini çeklaş böyiça rejalarni tayyorlaşni taklif qiladi. 

Qayd qiliş joizki, AQŞning kelişuvdan çiqişi AQŞ hamkorlarining unga nisbatan salbiy munosabatini çuqurlaştirişi mumkin.

AQŞ davlat departamentining sobiq huquqşunosi, Parij kelişuvi böyiça yetakçi amerikalik muzokaraçilardan biri Syuzan Binyazning aytişiça, "bu holat AQŞ nuqtai nazarini e'tiborga oliş uçun köp iş qilgan bu davlatlarni ranjitişi mumkin".

Italiyada ötgan "katta yettilik" sammitida jahon yetakçilari Trampni kelişuvdan çiqiş niyatidan qaytarişga urinib körişdi.

Tramp esa 31 mayda tvitterda Parij kelişuvi böyiça qarorni bir neça kun içida qabul qilişini ma'lum qilgan. 

Eng yirik rivojlanayotgan davlatlar AQŞ kelişuvdan çiqişi bilan tahdid qilayotganiga qaramasdan, kelişuvni qöllab-quvvatlamoqdalar. Jumladan, kelişuvni atrof-muhitga issiqhona gazlarini çiqariş böyiça yetakçi bölib qolayotgan Xitoy ham faol qöllab-quvvatlab kelmoqda. Xitoy şaharlarida havoning ifloslanişi borgan sari siyosiy muammoga aylanib bormoqda va unga qarşi kuraşiş uçun Xitoy hukumati quyoş va şamol energetikasini qöllaşga ötmoqda.