Tadbirkor Ilon Mask AQŞ prezidenti Donald Trampning iqlim böyiça Parij kelişuvidan çiqiş qarori sababli uning maslahatçilari kengaşini tark etişga qaror qildi. 

Tramp 1 iyun kuni AQŞning uşbu kelişuvni tark etişini e'lon qildi. 

"Men prezident maslahatçilari kengaşini tark etmoqdaman. Iqlim özgarayotgani bu haqiqatdir. Parij kelişuvidan çiqiş Amerika va butun dunyo uçun yomondir", deb yozgan Mask tvitterda. Tadbirkor AQŞ ma'muriyatidagi bir neçta maslahatlaşuv kengaşlari tarkibiga kirgandi. Jumladan, u iqtisodiyot böyiça ekspert kengaşi işida qatnaşib kelayotgandi.

Iqlim böyiça Parij kelişuvi 2015 yil dekabrda 194 ta davlat tomondan imzolangan global iqlim böyiça ilk kelişuvdir. U global isiş böyiça harakatlar rejasini belgilaydi. Kelişuv qazib olinuvçi yonilğidan voz keçiş va karbonat angidridni atrof-muhitga çiqarişni çeklaşni közda tutmaydi. Biroq kelişuvning barça tomonlari çiqindilarni kamaytiriş, texnologik qayta qurollaniş va iqlim özgarişlariga moslaşiş böyiça çoralar körişlari lozim.