AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama AQŞ iqlim böyiça Parij kelişuvini tark etib, kelajakni inkor etmoqda, deb aytdi. Bu haqda "Blumberg" axborot agentligi xabar bermoqda. 

AQŞ prezidenti Donald Tramp 1 iyunda AQŞning kelişuvdan çiqişini e'lon qildi. U bu masala böyiça özining nutqida mamlakat bu sohada yangi bitimni tuziş böyiça yangi muzokaralar boşlaşini aytgan. 

"Bu ma'muriyat kelajakni inkor etuvçi kiçik sondagi davlatlar qatoriga qöşilgan bölsa ham, men işonamanki, bizning davlatlar, şaharlar va korxonalar faollaşib, bizda mavjud bölgan yagona sayyorani kelajak avlodlar uçun saqlab qolişda yetakçi rol öynaş va kömak beriş uçun yanada köproq işni amalga oşiradilar", deb aytgan Obama. 

Obama Parij kelişuvi "korxonalar, olimlar, muhandislarga yuqori texnologik va past uglerodli investitsiyalar va innovatsiyalar salohiyatini mislsiz kölamda oçiş imkoniyatini berganini" ta'kidlab ötdi.