«Barselona»ning yangi boş murabbiyi Ernesto Valverde keyingi mavsumga tayyorlaniş jarayoni haqida gapirdi. «Barselona»da 1988-1990 yillarda futbolçi sifatida töp surgan 53 yoşli uşbu mutaxassis jamoada Luis Enrike örnida 1 iyun kunidan iş boşladi.
«Bizni oldinda katta jamoalarga qarşi 3ta öyin ötkaziladigan tur kutmoqda. Bu tur davomida „Real“ga qarşi Superkubok uçraşuvi uçun qattiq tayyorlanamiz. Biz bu sovringa ega çiqişni istaymiz. Umid qilamizki, keyingi mavsumda qanday turnirda qatnaşsak ham, sovrin yutamiz», — deya Valverdening sözlarini keltirgan klub matbuot xizmati.











