Amazon tovarlarni dronlar yordamida yetkazib berişni samarali taşkil etiş borasida ançadan beri izlanmoqda. Gap şundaki, dronlarni buyurtmaçilar eşiklari oldida doimiy ravişda qöndiriş juda ham samarali emas, şu sababdan kompaniya mutaxassislari uçuvçisiz qurilmalar orqali yetkazib berilgan mahsulotlarni tez va xavfsiz yetkazib berişning ehtimoliy variantlarini qidiriş bilan maşğullar. Amazon tomonidan röyxatdan ötkazilgan sönggi patentlardan biri – paraşyutga aylanuvçi etiketkalardir.

Patent hujjatlarida ixtiro haqida batafsil ma'lumot berilgan: posilkaning ustiga maxsus yorliq yopiştiriladi, unga barça kerakli ma'lumotni ham yozib qöyiş, şuningdek. ştrix kodlar va QR-belgilarni yopiştiriş mumkin. Tovarni drondan taşlaş çoğida yopiştirilgan etiketka oçilib, paraşyutga aylanadi, hamda u yukni xavfsiz qönişiga xizmat qiladi.

Paraşyut arqonlari va paraşyutning özi yopiştirilgan etiketka ustida böladi, şuning uçun eng asosiysi – hammasini töğri joylaştiriş va işlab çiqariş paytida yopiştirişdir. Katta yuklarni qöndirişda bunday paraşyutlardan bir neçtasini işlatiş mumkin, qönişning oson keçişi uçun esa quti içidagi maxsus amortizatorlardan foydalaniladi.

Amazon’da yuklarni dronlar yordamida yetkazib berişda paraşyutlardan foydalaniş haqidagi qaror qişda qabul qilingan, biroq öşanda faqatgina konsepsiya, çizmalar yaratilgandi.












