Google'ning avtomatik boşqaruv tizimini işlab çiquvçi şö'ba korxonasi hisoblangan Waymo kompaniyasi haydovçisiz yuk maşinasi sinovlarini boşlab yubordi. BuzzFeed News'da şu haqda xabar berildi.
Manbaga köra, dastlab fotomuxbirlar bunday avtomobilning test prototipini suratga olişga muvaffaq bölişgan, keyin esa Waymo haqiqatdan avtonom boşqaruv tizimli yuk maşinasini yaratiş ustida işlanayotganini tasdiqlagan. Naşr suhbatdoşining sözlariga köra, loyihaning asosiy maqsadi - "oğir yuk maşinalari iştirokida sodir böluvçi YTHdagi ölim holatlari sonini kamaytiriş".
Waymo'da bugungi kunda faqat bir yuk maşinasi sinovdan ötayotgani va u hozirça operator tomonidan qölda boşqarilayotgani qayd etilgan. Kompaniya boşlanğiç bosqiçda tizimlar faoliyati töğriligini tekşiradi va yöl borasidagi barça zarur ma'lumotlarni töplaydi.
2016 yilda Uber taksi xizmatiga qaraşli Otto startapi avtomat boşqaruvli yuk maşinalarini sinovdan ötkazgan.












