2017 yil boşidan Facebook rahbari Mark Tsukerberg AQŞ ştatlari böylab sayohat qilmoqda. U mahalliy aholi vakillari bilan muloqot qilib, birga tuşlik qilmoqda, şuningdek öz ijtimoiy tarmoği auditoriyasi bilan yaqindan tanişmoqda.

Tsukerberg uning kutilmagan sayohatidan maqsadi faqatgina tanişuv ekanini ta'kidlasa-da, işbilarmonning qaraşlardagi özgarişlar bir savolni keltirib çiqaradi: ijtimoiy tarmoq rahbari siyosiy karerani boşlaşga tayyorlanyaptimi yoki Facebook'ning biroz putur yetgan nufuzini tiklaşga urinyaptimi? TJ şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi.

 

Prezidentlik haqidagi miş-mişlar

Mark Tsukerberg har yili öz oldiga katta maqsad qöyadi:

2013 yilda u har kuni yangi inson bilan tanişişga qaror qildi.
2014 yilda - har kuni minnatdorçilik maktubini bitdi.
2015 yilda u şaxsiy kitob klubini oçdi va bir yilda 23 kitobni öqib çiqdi.
2016 yilda Tsukerberg deyarli 590 kilometr masofaga yugurdi.
2017 yilning yanvarida esa uning va'dalari boşqaça tus oldi: Facebook rahbari yil oxiriga qadar Amerikaning barça ştatlarini aylanib çiqiş rejasi haqida ma'lum qildi.

Öşandan buyon ğarb OAVda işbilarmonning siyosiy rejalariga doir maqolalar paydo böla boşladi. The Guardian, Vanity Fair va The Atlantic naşrlarida Tsukerberg AQŞ prezidentligiga öz nomzodini qöyiş haqida öylayotgani va şu boisdan öz imidji borasida qayğurayotganiga oid nazariya ilgari surildi.

Tsukerbergda oçiq diniy qaraşlarning paydo bölişi (busiz heç bir inson hali prezident bölgan emas), faol xayriya faoliyati, prezidentlar kampaniyalarining sobiq menejyerlari bilan hamkorlik va amaldagi hukumatga tanqidiy munosabat natijasida bu nazariya yanada mustahkamlandi.

Bundan taşqari, Facebook rahbarining yaqinda qölga kiritgan nufuzli Harvard universiteti diplomi (u 2005 yilda Harvarddagi öqişini taşlab ketgan) jurnalistlarni yanada sergaklantirdi. Rasman olganda oliy ma'lumotga ega bölmagan inson ham AQŞ prezidenti bölişi mumkin, biroq mamlakatning sönggi diplomsiz prezidenti 1953 yilda öz lavozimini tark etgan Harri Trumen bölgan.